2025-yil 3-avgustdan boshlab O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 7 nafar professor-o‘qituvchisi Buyuk Britaniyada malaka oshirishni boshladi. Ular Norvich Til Ta’limi Instituti (NILE)da 144 soatlik malaka oshirish kursida hamda Kembridj universitetining CELTA dasturida ishtirok etishmoqda.

Kurs ishtirokchilarini tashrifning ilk kunida NILE Prezidenti Dave Allan va Institut direktori Thom Kiddle samimiy kutib oldi. Tanishuvdan so‘ng mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.


Bugungi kunda O‘zDJTU o‘qituvchilari NILEning malakali mutaxassislari tomonidan tayyorlangan mashg‘ulotlar va taqdimotlarda faol ishtirok etmoqda. Bir oy davom etadigan ushbu kurs davomida ular ta’lim sohasi, xususan ingliz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishadi hamda britaniyalik hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.