QATOR XORIJIY HAMKORLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

25.10.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva 2024-yil 25-oktabr kuni Hindiston va Janubiy Koreya Do’stlik Kengashi raisi Skand Tayalni; Malayziyaning «Bernama» Milliy axborot agentligi jurnalisti Rohan Bin Mohd Ibrahimni; Quddus Ibroniy universiteti xalqaro tadqiqotchisi Vladimir Mesamed boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tashrif doirasida universitet rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.