QIRG‘IZ MILLIY UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YO‘LGA QO‘YILMOQDA
28.02.2025O‘zbekiston Milliy universitetiga Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg‘iz milliy universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Ikki universitet o‘rtasidagi o‘quv, uslubiy, ilmiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar almashinuvi va xalqaro stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish kabi masalalar muhokama etildi.


Rektor Dogdurbek Chontoyev O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasini oktyabr oyida reja qilinayotgan Qirg‘iz milliy universitetining 100 yillik yubileyiga taklif etdi.
Uchrashuv nihoyasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar turli yo‘nalishlardagi hamkorlikni soha prorektorlari va tegishli mutaxassislar orqali bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldilar.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.