QIRG‘IZISTONGA ILM IZLAB – KO‘NGIL TO‘LA TAASSUROT

10.04.2025

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari yaqinda Osh davlat universitetiga tashrif buyurib, ta’lim almashinuv dasturi doirasida yangi bilimlar, do‘stlar va unutilmas xotiralar orttirdilar.

Ular universitet hayoti va o‘quv jarayoni bilan tanishdilar, talabalarga yaratilgan imkoniyatlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Dam olish vaqtida esa Qirg‘izistonning maftunkor tabiatida — Lagnan kanyoni va Papan suv ombori bo‘ylarida sayr qilib, go‘zallik va xotirjamlikdan bahramand bo‘lishdi.

Bu tashrif ularga nafaqat bilim, balki do‘stlik, dunyoqarash va ilhom olib keldi.