QIRG‘IZISTONLIK TALABALAR O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA  AMALIYOT O‘TASHADI

15.04.2025

2024-yil aprel oyida J. Balasagin nomidagi Qirg‘iziston Milliy universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur memorandum doirasida 2025-yil 1-apreldan 1-maygacha J. Balasagin nomidagi Qirg‘iziston Milliy universitetining 12 nafar talabasi akademik mobillik dasturi asosida O‘zbekiston Milliy universitetining tegishli fakultetlarida amaliyot (stajirovka) o‘taydi.

Ushbu tashabbus ikki davlat yoshlarini birlashtiruvchi muhim qadamlardan biri bo‘lib, talabalarning o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishi, o‘zaro tajriba almashishi hamda ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 + 3 =