QOHIRA UNIVERSITETI DOTSENTI ISHTIROKIDA SUN’IY INTELLEKT BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

08.01.2026

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida “Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida o’tkazilgan seminar “Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusiga bag’ishlandi.

Seminarni Misr Arab Respublikasi, Qohira universiteti dotsenti, doktor Ubayd Muhammad Abdulhalim Abduljavod olib bordi.

Mazkur seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– Ta’lim amaliyotida sun’iy intellektning eng so‘nggi qo‘llanilish yo‘nalishlari;
– O‘qituvchilar va pedagogik jamoa a’zolari uchun ochiq sun’iy intellekt vositalari;
– Ta’limda texnologiyani samarali joriy etish usullari;
– Sun’iy intellekt orqali ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish.

Seminarda Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xorijlik mutaxassislar va magistrantlar ishtirok etdi. Tadbir davomida sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi amaliy imkoniyatlari va samarali tatbiq etish usullari atroflicha muhokama qilindi.