2025-yil 30-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez xonimning diplomatik faoliyati yakunlanayotgani munosabati bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov elchi xonimning mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yuqori baholab, uning tashabbuslari va qo‘llab-quvvatlovi tufayli O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. Xususan, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida muhim natijalarga erishilganini qayd etdi.

Bushez xonimning bevosita e’tibori va faol ishtiroki tufayli ikki tomonlama hamkorlik mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos bilan ta’minlandi. Ushbu hujjatlar oliy ta’lim, akademik almashinuv, muhandislik kadrlarini tayyorlash hamda kasbiy ta’lim sohasidagi uzoq muddatli hamkorlikning poydevorini yaratdi.
Uchrashuv chog‘ida shuningdek, elchi xonimning O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish borasidagi shaxsiy hissasi alohida e’tirof etildi.


Bugungi kunda ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida 40 dan ortiq hamkorlik bitimlari amalda bo‘lib, birgalikdagi o‘quv dasturlari joriy etilmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.