QO‘NG‘IROTBOY SHARIPOV LATVIYADA O‘ZBEKISTONLIK TALABALAR BILAN UCHRASHDI

05.09.2025

Riga shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Latviyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot qildi.

Suhbat davomida yoshlarning muammolari va takliflari tinglanib, “Zakovat” intellektual o‘yinlarini Latviyada tashkil etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, vazir yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faolligi, xalqaro dasturlarda qatnashish imkoniyatlari hamda Vatan taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasiga alohida e’tibor qaratdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × four =