QOZOG‘ISTONDA “ALISHER NAVOIY VA XXI ASR” XALQARO ILMIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

10.02.2025

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Alisher Navoiy va XXI asr” xalqaro ilmiy konferensiyasi bu yil Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston va Eron kabi davlatlardan taniqli olimlar ishtirok etib, Navoiyning adabiy, falsafiy va ilmiy merosi butun turkiy dunyo va jahon madaniyati uchun bebaho ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Shuningdek, anjuman doirasida akademik Shuhrat Sirojiddinovning “Amir Alisher” kitobining qozoq tiliga tarjimasi taqdim etildi. Tadbir yakunida Alisher Navoiy ijodini tadqiq etayotgan, turkologiya, o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan olim va jamoatchilik vakillari “Alisher Navoiy” medali bilan mukofotlandi.