QOZOG‘ISTONLIK SIYOSATSHUNOS BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
01.03.2025O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosiy fanlar kafedrasida Qozog‘istonlik siyosatshunos, A+Analytics tadqiqot markazi rahbari Farhad Xasenov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda ta’lim sohasida Markaziy Osiyo uchun muhim bo‘lgan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalar, ilmiy dasturlar va turli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari olimlari va siyosatshunoslari birlashib maxsus platforma yaratish masalalarini kelishib oldilar.
Muhokamalar davomida Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar, mintaqaviy integratsiya, xalqaro hamkorlik va geosiyosiy vaziyat tahlil qilindi. Siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va zamonaviy tahliliy yondashuvlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbuslar mintaqaviy siyosiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent S. Saidov mehmonga o‘zining “Markaziy Osiyo: fuqarolik jamiyati va integratsiya muammolari” nomli monografiyasini sovg‘a qildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.