RAQAMLI FOTO VA VIDEO YARATISH BO‘YICHA BEPUL ONLAYN-KURS

13.12.2021

Shimoliy-G‘arbiy universitet raqamli foto va video yaratish asoslari bo‘yicha bepul onlayn-kursda o‘qishga taklif etadi.

Ishtirokchilar foto va video yaratish prinsiplari va vositalari bilan tanishishadi hamda ularni amalda qo‘llash haqida bilib olishadi.

Kurs vaqti — sizga qulay vaqtda.

Kurs tili — ingliz tili ruscha subtitrlar bilan.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

Kurs haqida batafsil: https://www.coursera.org/learn/digital?action=enroll