“RAQAMLI VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR USTAXONASI”NING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
10.09.2025Toshkent davlat texnika universiteti hamda Xitoyning Jiangsu Huibo Robotics Technology Co., Ltd. kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Oʻzbekiston–Xitoy xalqaro sun’iy intellekt texnologiyalari markazi” qoshida muhim loyiha – “Raqamli va intellektual texnologiyalar ustaxonasi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.



Mazkur ustaxona talaba-yoshlarni zamonaviy raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish, ularning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqaro hamkorlik doirasida ilg‘or tajribalarni joriy etishga qaratilgan.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, xorijiy hamkor kompaniya vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ular yangi ustaxonaning ta’lim jarayonidagi o‘rni, talabalar kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi va ilmiy salohiyatni mustahkamlashdagi ahamiyatini ilmiy jihatdan yoritib o‘tdilar.





Mazkur ustaxona faoliyati doirasida kelgusida qo‘shma ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh tadqiqotchilar uchun innovatsion muhitni shakllantirish rejalashtirilgan.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.