2018 yil 23 fevralda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Britaniya Kengashi hamkorlikda «Chet tilini bilish darajasini baholash masalalari» mavzusida videokonferentsiya o’tkazdi.

Buyuk Britaniyalik mutaxassis, Norvich tilshunoslik instituti direktori, Sharqiy Angliya Institutining Kasbiy ta’lim va malaka oshirish instituti professori Rod Bolito konferensiyaning asosiy mehmoni va ma’ruzachisi bo’ldi.

Videokonferentsiya ingliz tilini bilish darajasini baholashning asosiy muammolariga, turlariga va ustuvor yo’nalishlariga, qolaversa CEFRning to’g’ri talqiniga bag’ishlandi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.