ROMAN-GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN KONFERENSIYA TASHKILLASHTIRILDI
07.10.2023Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Roman-German tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Tadbirda yurtimizning taniqli professor-oʻqituvchilari, shuningdek, Turkiyaning Selchuk universiteti hamda Ozarbayjon tillar universitetining professor-oʻqituvchilari ishtirok etib, tilshunoslik va tarjima nazariyasiga oid mavzularda maʼruza qildilar.






