ROSSIYA DELEGATSIYASI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

04.03.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Rossiyaning Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi”, Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari Instituti direktori, professor Y. I. Zelenev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.