ROSSIYANING SANKT-PETERBURG DAVLAT UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA RUS TILI BOʻYICHA SERTIFIKATSIYA TEST MARKAZI OCHISH REJALASHTIRILDI
25.10.202324-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, prof. I.M.Tuxtasinov Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rus tili boʻyicha test markazi direktori D. Ptyushkin hamda markaz metodisti I. Ilʼicheva bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida tomonlar OʻzDJTU qoshida rus tili boʻyicha sertifikatsiyalangan test markazini ochish bilan birga mahalliy imtihon oluvchilarni tayyorlash, Oʻzbekistonda rus tilini xorijiy til sifatida oʻqitishni takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, hammualliflikda darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish, oʻqituvchi va talabalar almashinuvini amalga oshirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.