RUMINIYA BILAN ERASMUS+ LOYIHASI DOIRASIDA HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
14.06.2025Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1 fakulteti va Ruminiyaning “1 Decembrie 1918 Alba Iulia” universiteti oʻrtasidagi hamkorlik asosida, ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi katta oʻqituvchisi X. Avilova hamda ushbu kafedra oʻqituvchisi R. Ikramova hamkor universitetga tashrif buyurdilar.


Tashrif davomida universitetning Xalqaro aloqalar boʻlimi xodimi Liliana Trifu, boʻlim boshligʻi Daniel Melinte hamda boʻlim xodimi Stanca Cristina bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2025-yil 17-iyun kuni hamkor universitetning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, professor Valentin Todesko bilan akademik hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv rejalashtirilgan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.