4–5-oktabr kunlari Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” III xalqaro festivali o‘tkaziladi. Anjuman Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.
Festivalning asosiy maqsadi Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandlar hamda ushbu hududning turizm maskanlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Ikki kunlik tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro treninglari, To‘proq qal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert hamda “Ichan qal’a” tarixiy majmuasiga bo‘ylab ekskursiya o‘tkaziladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.