SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI ISHTIROKIDA INGLIZ TILIDAN TELEVIZION DARSLAR BOSHLANDI

15.04.2020

Samarqand davlat chet tillar instituti va «Samarqand» telekanali hamkorligida yangi loyiha amalga oshirilmoqda

Institut professor-o‘qituvchilari ingliz tilini o‘rganishni xohlovchi barcha yoshdagilar uchun mo‘ljallangan “Ingliz tilini boshlang‘ich darajada o‘rganuvchilar uchun” teledarsini olib borishmoqda.

Teledarslarni sifatli tashkil etish maqsadida unga institutning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik tajribaga ega, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirgan hamda til o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalardan xabardor professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Teledarslar har kuni “Samarqand” telekanalida soat 17:40da efirga uzatilmoqda. Kursda olib borilayotgan videodarslar bilan institutning telegram kanali va veb-saytida tanishish mumkin.