Shu yilning 25-26 aprel kunlari Qozog‘istonning Karaganda davlat universitetida Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning 35 ta universitetidan 200 nafar talaba ishtirokida xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadada ishtirok etgan SamDChTI talabalari xitoy tili bo‘yicha birinchi, nemis tilidan ikkinchi, fransuz va ingliz tillari bo‘yicha uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Jumladan, SamDChTIning quyidagi talabalari sovrindorlar qatoridan joy olishdi:
- Charos Xamdamova – birinchi o‘rin (xitoy tili);
- Viktor Sundeyev – ikkinchi o‘rin (nemis tili);
- Shaxzoda Asliyeva – uchinchi o‘rin (ingliz tili);
- Aleksandra Kurtova – uchinchi o‘rin (fransuz tili).

Germaniyaning xalqaro akademiklar almashinuv xizmati (DAAD), Gyote Instituti va Fransiyaning Karaganda shahridagi Fransuz Alyansi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro olimpiada doirasida xorijiy tillarni o‘qitish metodlari bo‘yicha xalqaro darajada master-klasslar va davra suhbati tashkil etildi.
Manba: samdchti.uz
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.