SEUL KIBER UNIVERSITIETI HAMDA KOREYA MILLIY OCHIQ UNIVERSITETI TAJRIBASI O‘RGANILDI
27.12.20232023-yil 16–26-dekabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir guruh mas’ullaridan iborat delegatsiya Seul shahrida xizmat safarida bo‘lishdi.

Safar davomida oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha Seul kiber universitieti hamda Koreya milliy ochiq universiteti tajribasi o‘rganilib, mazkur oliygohlar professor-o‘qituvchilari bilan sohadagi yangiliklar bo‘yicha fikr almashildi.


So‘ng bu boradagi yutuqlarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalriga tatbiq etish hamda kelajakda O‘zbekiston Respublikasida ochiq universitetni tashkil etish masalalari universitetlar mutasaddilari bilan muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

