SHAVKAT MIRZIYOYEV MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING 34-YILLIGI MUNOSABATI BILAN DAVLAT MUKOFOTLARINI TOPSHIRDI

27.08.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

Toshkent shahrida 27-avgust kuni ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari barchani, avvalo, Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Mamlakatimizda erishilayotgan natijalarning asosi, sa’y-harakatlarning mohiyati haqida alohida to‘xtaldi.