SHVETSIYADA O‘ZBEKISTON TURIZM SALOHIYATI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
21.02.2025Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida o‘tkazilgan “Samarqand – Ipak yo‘lining durdonasi” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy kechada ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi elchixonasi va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbir doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Ushbu sohada so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar va kelgusi rejalar, jumladan, Shvetsiya va uning atrofidagi boshqa Skandinaviya mintaqasi davlatlaridan turizm oqimini ko‘paytirish istiqbollari batafsil yoritildi. Samarqandning turizmni rivojlantirishdagi beqiyos o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, qator mahalliy turoperatorlar va soha targ‘ibotiga ixtisoslashgan kompaniyalar vakillari bilan “B2G” va “B2B” muzokaralar o‘tkazildi. Turizmni rivojlantirishning turli yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish borasida tegishli kelishuvlarga erishildi.


Milliy kuy va raqslardan iborat konsert dasturi, mamlakatimiz boy madaniy merosi, amaliy san’at va hunarmandchilik namunalari hamda gastronomik salohiyatini ko‘rsatuvchi ko‘rgazma namoyish etildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.