“SILK ROAD UNIVERSITIES NETWORK (SUN)”NING 10-FORUMI BOʻLIB OʻTMOQDA

14.10.2025

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri yana bir bor xalqaro ilm-fan va taʼlim maydonining eʼtibor markazida. Buyuk Ipak yoʻlining ramziy timsolida “Silk Road Universities Network (SUN)”ning 10-forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forumda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. O’zDJTU rektori professor I. Tuxtasinov o‘z nutqida taʼlimdagi muvaffaqiyat kaliti — ochiqlik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt elementlarini joriy etish va xalqaro hamkorlik ekanini taʼkidladi. OʻzDJTU nafaqat til va madaniyatlarni oʻrgatuvchi maskan, balki xalqaro ilmiy koʻprik vazifasini bajarayotgani qayd etildi.

Shuningdek, forum doirasida OʻzDJTU va Canadian University in Dubai oʻrtasida anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi. Ushbu kelishuv qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy-tadqiqot hamkorligi, shuningdek, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + 4 =