SINGAPURNING MARSHALL CAVENDISH EDUCATION TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
30.04.2025Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti Bosh ijrochi direktori Syu Peng Yim bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama ta’lim sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, uni yangi bosqichga olib chiqish haqida so‘z bordi.


Muloqot davomida tomonlar Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan nafaqat maktablar ta’limi yo‘nalishida, balki maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ham hamkorlik qilishga kelishishdi.
Uchrashuv yakunida, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalari yuzasidan ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.