STARTAP VA TIJORATLASHTIRISH LOYIHALARI “E-TECHEXPO-2025” XALQARO KO‘RGAZMASIDA NAMOYISH ETILDI
12.11.2025“O‘zekspomarkaz” majmuasida o‘tkazilayotgan “E-TechExpo-2025” xalqaro ko‘rgazmasida Innovatsion rivojlanish agentligi pavilyoni tashkil etilib, 20 dan ortiq startap va tijoratlashtirish loyihalari namoyish etildi.


11-noyabr kuni tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etib, elektrotexnika va robototexnika sohasidagi startap loyihalar, tijoratlashtirish ishlanmalari va Yoshlar akademiyasi a’zolarining loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Ko‘rgazma doirasida 1,7 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi. Unda 500 dan ortiq innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologik yechimlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yangi mahsulotlari namoyish qilindi.






No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.