STRATEGIK SHERIKLIK YO‘LIDA HAMKORLIKNI CHUQURLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA QO‘SHMA BAYONOT IMZOLANDI

05.02.2025

Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

– Mahsulotlarning «halol» standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;

– Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– «Aqlli» shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– 2025-2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.

prezident.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + five =