SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHDA YANGICHA FIKRLASH | ONLINE SEMINAR

23.02.2023

2 oylik „AI to Amplify“ onlayn stipendiyalar dasturi

Sun’iy intellekt yordamidagi maxsulotlar va/yoki ilovalar bilan ishlaysizmi? Sizni axloqiy muammolar, mahsulotlar va ilovalarni yanada qamrab oluvchi hamda ularni barqaror qilish istagi qiziqtiradimi?

Xalqaro fanlararo jamoalarda ishlashni va o’zgaruvchan istiqbollarni yoqtirasizmi? U holda 2023-yil may oyida start oladigan 2 oylik „AI to Amplify“ stipendiyalar dasturining onlayn seminarlarida ishtirok etish uchun ariza topshiring.

Global Shimol va Janubdagi kodlovchilar va ishlab chiqaruvchilar, shuningdek faylasuflar, rassomlar, sotsiologlar, huquqshunoslar va faollarning arizalarini qabul qilamiz.

Dastur tili: Ingliz tili
Ariza topshirish muddati: 2023-yil 20-mart

Batafsil ma’lumot quyidagi havolada.