SUN’IY INTELLEKTNING TIL O‘RGANISHDAGI O‘RNIGA BAG’ISHLANGAN TALABALAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI
29.05.202529-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili integrallashgan kursi–3 kafedrasi tashabbusi bilan “Sun’iy intellektning til o‘rganishdagi o‘rni” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda universitet rahbariyati, xorijiy hamkorlar, kafedra professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar hamda boshqa fakultet vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyani O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Ingliz tili integrallashgan kursi–3 kafedrasi mudiri Po‘latjon Habitovich Omonov konferensiyaning maqsadi va ahamiyati yuzasidan so‘z yuritdi.
Konferensiya yalpi majlisdan so‘ng uch sho‘baga bo‘lingan holda davom etdi:
- Chet tillarini o‘rganishda zamonaviy dasturlar va ilovalar
- Til o‘rganishda onlayn vositalar va ularning afzalliklari
- Madaniyatlararo muloqotni osonlashtiruvchi raqamli texnologiyalar


Talabalar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarining til o‘rganishdagi afzalliklari, muammolari va istiqbollari yuzasidan ilmiy-tahliyiy ma’ruzalar taqdim etildi. Ishtirokchilar til o‘rganishda ChatGPT, Duolingo, Grammarly, Google Translate kabi raqamli vositalarning o‘rni, imkoniyatlari va samaradorligi haqida atroflicha fikr almashdilar.
Konferensiya yakunida faol ishtirok etgan talabalar va eng yaxshi taqdimot sohiblari tashkiliy qo‘mita tomonidan faxriy yorliqlar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.