TABIIY FANLAR SOHASIDA UNESCO/EKVATORIAL GVINEYA XALQARO MUKOFOTI 2019 TANLOVI
11.04.2019O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda UNESCO ishlari byoyicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining xabariga asosan, Tabiiy fanlar sohasidagi UNESCO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 2019 yil tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur mukofotning asosiy maqsadi UNESCO tashkilotiga a’zo davlatlarda alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar tomonidan inson hayotining yaxshilanishiga salmoqli hissa qo’shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini mukofotlashdan iborat.

UNESCO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 350 000 AQSh dollariga teng bo’lib, tanlovda muvaffaqiyatli qatnashgan 3 nomzod o’rtasida teng taqsimlanadi.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi web-saytga o’ting:
Ro’yxatdan o’tish onlayn tarzda 2019 yil 15 may kuniga qadar davom etadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.