TADQIQODGA ASOSLANGAN UNIVERSITETLAR BILAN KENG QAMROVLI HAMKORLIKKA ERISHILDI

15.05.2025

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Perm politexnika milliy tadqiqot universiteti rektori Anton Petrochenkov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar Perm politexnika milliy tadqiqot universiteti va O‘zbekistonning turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, muhandislik-texnika yo‘nalishlarida yangi qo‘shma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘zaro akademik almashinuvini faollashtirish borasida hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, bo‘lajak muhandis kadrlarni erta yoshdan tayyorlash borasida Perm milliy tadqiqot politexnika universitetining ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida neft va gaz, “yashil energetika”, transport va logistika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma taʼlim dasturlarini yaratish, yozgi maktablar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha bir qator loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

Maʼlumot uchun, Perm politexnika milliy tadqiqot universiteti muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Rossiyadagi yetakchi oliygohlardan biri bo‘lib, ushbu oliygohda so‘nggi uch yilda buyon “Aviatsiya dvigatellari qurilishi” yo‘nalishiga ixtisoslashgan Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat yuritmoqda. 

Perm politexnika  milliy tadqiqot universiteti hozirda mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan “Oʻzbekiston neft va gaz – 2025” xalqaro konferensiyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × four =