TAHRIRIYATLARNI RIVOJLANTIRISH KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI

23.05.2022

Mediamenejment va jurnalistika maktabi tahririyatlarni rivojlantirish kurslariga qabul e’lon qiladi.

Kimlar ishtirok eta oladi — O’zbekistondagi bosma va onlayn nashrlar, TV va radiostantsiyalar rahbarlari va jurnalistlari.

Ishtirokchilarga yo’l va yashash harajatlari qoplab beriladi.

O’qish tili — o’zbek va rus tillari.

O’qish vaqti — sentyabr-oktyabr oylari, 2022-yil.

Ishtirok etish uchun quyidagi havolani https://forms.gle/5EpPzLH5XYyd5oAd7 to’ldiring.