TALABALAR ALMASHINUVI DASTURI AMALDA

13.09.2024

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Yaponiyaning Nara prefekturasi o’rtasida imzolangan Talabalar almashinuv dasturi doirasida yaponiyalik 5 nafar talaba institutga tashrif buyurdi.

Shu kuni mehmon talabalar tashrifiga tanishuv marosimi tashkil etildi. Mezbon talabalar ijrosida yaponcha qo’shiq va raqslar ijro etildi. Talabalar o’rtasida savol-javoblar bo’lib o’tdi.

Hafta davomida yaponiyalik mehmonlar Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan shahrining tarixiy joylari va muqaddas maskanlarini ziyorat qilishdi.