TALABALAR AQSHDA STAJIROVKA O‘TAMOQDA

25.06.2025

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti talabasi M. Matkarimova «Study of the US Institutes for Young Women Leaders» – Ayol-qiz talabalar uchun mo‘ljallangan, AQSHda bo‘lib o‘tayotgan 5 haftalik yetakchilik dasturida ishtirok etmoqda, – deb xabar bermoqda UrDPI matbuot xizmati.

Talaba Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi hamda xalqaro IELTS C1 va TEFL sertifikati sohibasi, 30 dan ortiq maqola va tezislar muallifi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tgan 6 ta guvohnoma muallifi.

Ma’lumot uchun, dasturga respublikamizdagi 8000 nafar talabgorlar ichidan 4 nafar eng iqtidorli qizlar saralab olindi va AQShga yuborildi.

Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 3 =