Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 9 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasining turli davlatlardagi elchixonalarida amaliyot o’tash imkoniyatini qo’lga kiritdi.

Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida amaliyot o’tash uchun o’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 9 nafar talabalari O‘zbekiston Respublikasining Xitoy, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Misr, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg’iziston davlatlaridagi elchixonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo’lga kiritishdi.
Ushbu xalqaro tajriba talabalarga diplomatik ko‘nikmalarni rivojlantirish, xorijiy tillar va madaniyatlarni chuqur o‘rganish, xalqaro professional aloqalar o‘rnatish, O‘zbekistonning ijobiy imidjini targ‘ib qilish hamda kelajakdagi karyera imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, talabalar yangi mamlakatda yashash va ishlash orqali mustaqillik, moslashuvchanlik va muammolarni hal qilish kabi muhim shaxsiy sifatlarini ham rivojlantiradilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.