Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Janubiy Koreyaning nufuzli Kyungdong universiteti bilan hamkorlikda “Talabalar mobilligi uchun global akademik hamkorlik” mavzusida birinchi Sammit bo‘lib o‘tdi.

Sammitning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratishdir.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, shuningdek mamlakatimizdagi yigirmadan ortiq yetakchi universitetlar rahbarlari va 20 dan ortiq davlatlardan 60 dan ziyod nufuzli oliygohlar vakillari qatnashdi.





Ushbu sammit global miqyosda ilmiy muloqot, innovatsion hamkorlik va tajriba almashish uchun muhim platformaga aylandi. Ishtirokchilar ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
