TALABALAR XITOYDA STAJIROVKA O’TAYDI

06.10.2025

Talabalar stajirovkasini tashkil etish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash yuzasidan xitoy kompaniyasi bilan muzokara olib borilmoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning “JINTING AUTOMOBILE ELECTRIC» korxonasi vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda universitet bitiruvchilarini ishga qabul qilish, yosh mutaxassislarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda ularning karyerasini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, talabalar uchun kompaniyada amaliyot va stajirovkalar tashkil etish, xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratish hamda eng yaxshi bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight − 6 =