TALABALARNING QISHKI MAKTAB DASTURI BO‘YICHA MALAYZIYAGA SAYOHATI DAVOM ETMOQDA
21.02.2025Termiz davlat universiteti talabalari ayni kunlarda Malayziyaning Utara universitetida “Winter exchange“ dasturida ishtirok etib, mezbon professor-o‘qituvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lishmoqda.



Dastur davomida talaba-yoshlar mashhur Petronas Twin Towers minorasi, PKT kompaniyasi, Veterinariya fakulteti, Tibbiyot va sog’liqni saqlash fanlari fakulteti va Utara universitetining menejment muzeyiga ham tashrif buyurishdi.


Мa’lumot o’rnida, ayni vaqtda ushbu dasturda 10 dan ortiq mamlakat talabalari ham ishtirok etmoqda. Bu esa talabalarga xorijdagi tengdoshlari bilan fikr almashish, kelajakdagi faoliyatlari uchun yangi tanishlar orttirish imkonini beradi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.