«TARJIMASHUNOSLIK VA LUG’ATSHUNOSLIK» ILMIY-AMALIY MARKAZI TASHKIL ETILDI
18.02.2024O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilk bora «Tarjimashunoslik va lug’atshunoslik» ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Universitet rektori I.M.Toʻxtasinov markazning ochilish marosimida soʻzga chiqib, yangi ilmiy-amaliy markazi barcha uchun manfaatli boʻlishiga ishonch bildirdi.


Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi qoshida tashkil etilgan ushbu markaz badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga va o’zbek adabiyotini chet tillariga tarjima qilishga qaratilgan.



Markazning ochilish marosimiga germaniyalik mehmonlar: Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti rahbari o’rinbosari Walter Sabiel, Germaniyaning O’zbekistondagi hamkor PASH maktablari koordinatori Simon Krechmer va bir qator professor oʻqituvchilar tashrif buyurdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.