TAYANCH DOKTORANTLAR UCHUN PREZIDENT STIPENDIYALARIGA HUJJATLAR QABUL QILINMOQDA

18.10.2022

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, 2023-yil uchun davlat OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsil olayotgan II bosqich tayanch doktorantlardan (PhD) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2022-yilning 31-oktabr kuniga qadar maxsus elektron platforma orqali qabul qilinmoqda.

Tanlov yo‘nalishlari:

  1. Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota);
  2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota);
  3. Texnika va texnologiya (2 ta kvota);
  4. Sog’liqni saqlash (1 ta kvota);
  5. Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota).

Murojaatlar uchun maxsus telegram kanal manzili.