TDSHU VA POKISTON ELCHIXONASI O‘RTASIDA HAMKORLIK BO’YICHA YO‘L XARITASI IMZOLANDI

09.10.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Faruq va uning o‘rinbosari Tuba Asif tashrif buyurdi.

Uchrashuvda elchi Ahmad Faruq O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik aloqalarining rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Tashrif doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchixonasi o‘rtasida 2025 -yil oktabridan 2026- yil dekabrigacha mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasi imzolandi.

Muhokama jarayonida yo‘l xaritasining asosiy yo‘nalishlari sifatida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish hamda ikki davlatning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvdan so‘ng “Yosh sharqshunos diplomatlar klubi”da Pokiston elchisi tomonidan “O‘zbekiston–Pokiston munosabatlari” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + seventeen =