TDSHUDA XITOY XALQ RESPUBLIKASINING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI BILAN HAMKORLIKDA TADBIR BO‘LIB O‘TDI
01.05.2025Mazkur tadbir Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yu Jun boshchiligidagi delegatsiyani kutib olish bilan boshlandi. Delegatsiya Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti muzeyiga ekskursiya uyushtirgach, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuv davomida TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsieva va Xitoy elchisi janob Yu Jun nutq so‘zladi. Shundan so‘ng, tadbir doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan bir qator taqdimotlar namoyish etildi. Mazkur taqdimotlar Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi O‘zbekiston tashabbuslari, fan va texnologiyalar, madaniy va sotsiologik aloqalar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekologiya hamda ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalarni o‘z ichiga oldi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.