“TEACHERS RESEARCH 2025” XALQARO ANJUMANDA TALABALAR ISHTIROK ETDI
21.04.2025Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 26 nafar talabalari “Teachers Research! 2025” xalqaro onlayn konferensiyasida o‘z ilmiy taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.


IATEFL Research SIG va MenTRnet hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbir — o‘qituvchilar olib borayotgan tadqiqotlarni xalqaro miqyosda namoyish etishga qaratilgan. Konferensiya tarixida ilk bor bakalavriat talabalari o‘z ilmiy izlanishlarini taqdim etdi.


Ular “Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi” fanining “Classroom Investigation” bo‘limi doirasida Exploratory Action Research (EAR) yo‘nalishida tadqiqot olib bordilar. Bu jarayonda ularga Warwick universiteti doktorantlari Elyanora Mengliyeva va Umida Xakimova, shuningdek, institutning malakali mentor-o‘qituvchilari yaqindan ko‘maklashdi.

Richard Smith va Ernesto Vargas Gil kabi dunyo miqyosidagi professorlar boshchiligida o‘tgan anjumanda talabalar ingliz tilini o‘qitishda duch kelgan amaliy muammolar bo‘yicha yechimlar taklif qildilar. Taqdimotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va yuqori baholandi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.