«TESOL UZBEKISTAN» XALQARO KONFERENSIYASI TASHKIL QILINADI

22.05.2024

Andijon davlat chet tillari instituti Xalqaro hamkorlik bo’limi tomonidan Tesol koordinatori Melaniya Gobert xonim bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida «TESOL Uzbekistan» konferensiyasini ko’tarinki ruhda tashkil qilish, o’tkazish yuzasidan fikrlar almashildi, hamkorlik memorandumi tuzish bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: TESOL (Teaching English to speakers of other languages) – Ingliz tilini boshqa tillarda so’zlashuvchilarga o’qitish, bu sertifikat TEFL va TESL dan farqli o’laroq, istalgan davlatda ingliz tilini o’qitish huquqini beradi.