TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETIDA TURKIYALIK MUTAXASSISLAR TURK TILIDAN DARS BERA BOSHLADI
07.03.2025Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi va TIKA agentligi ko‘magida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga jalb qilingan turkiyalik mutaxassislar Esra Cafrı Tut va İlke Altuntaş Gürsoy talabalarga turk tilidan dars bera boshladi.

Ular universitetda guruh mashg‘ulotlarini tashkil etib, turk tilini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or metodikalarni qo‘llamoqda. Mashg‘ulotlar davomida talabalarga amaliy nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, yozma va og‘zaki muloqotda turk tilidan faol foydalanish bo‘yicha samarali yondashuvlar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, mutaxassislar bepul turk tili to‘garaklarini ham yo‘lga qo‘yib, barcha qiziquvchilar uchun qo‘shimcha o‘quv dasturlarini ishlab chiqmoqda. Universitet rahbariyati bu tashabbus O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, talabalar uchun xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.