O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori lavozimiga Rixsieva Gulchexra Shovkatovna tayinlandi.

Rixsieva Gulchexra Shovkatovna 1971-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2019-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Manba: tashgiv.uz
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.