TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI DELEGATSIYASI QOZOQ MILLIY UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

28.05.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining professor-o‘qituvchilari delegatsiyasi Qozog‘istonning ilg‘or universitetlaridan biri va QS xalqaro reytingida 165-o‘rinni egallagan Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetiga (Olmaota shahri) tashrif buyurdi.


Safar doirasida mazkur delegatsiya Yaponshunoslik kafedrasi hamda universitetning Sharqshunoslik fakulteti faoliyati bilan tanishdi, ta’lim dasturlari va metodik yondashuvlarni o‘rgandi hamda sharqshunoslik va yaponshunoslik sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Delegatsiya fakultetning tashkiliy tuzilmasi, til yo‘nalishlari hamda Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining asosiy yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.

Hamkorlik doirasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, metodik seminarlar va malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 5 =