TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI DELEGATSIYASINING “RASANA” XALQARO ERONSHUNOSLIK INSTITUTIGA TASHRIFI
21.02.2025Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti (TDSHU) delegatsiyasi Saudiya Arabistonining “Rasana” xalqaro Eronshunoslik institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda quyidagi yettita yo‘nalishda tizimli ishlash bo‘yicha kelishuvga erishdi:


1.Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston investorlariga ikki mamlakat bozorlari haqida hamkorlikda tadqiqotlar tayyorlash.
2. TDSHU va “Rasana” instituti ekspertlari tomonidan eronshunoslik, afg‘onshunoslik, Suriya va Turkiya bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarni qiyosiy tahlil qilish.
3. Markaziy Osiyo davlatlariga oid dolzarb mavzularni belgilash va ularni chuqur o‘rganish.
4. Markaziy osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish.
5. Ilmiy tadqiqotlar va tajriba almashish maqsadida 30 kunlik doktorantlar almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish.
6. 2026-yilda Rasana instituti va TDSHU hamkorligida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Saudiya Arabistoni ekspertlarining ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etish.
7. Har ikki davlat manfaatlari uchun muhim bo‘lgan kitoblarning tarjimasi va nashrini amalga oshirish.


Tashrif yakunida Rasana instituti ekspertlari O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini yuksak baholab, mamlakatimizni turizm salohiyati jihatidan “Sharqning Rimi” deb e’tirof etdi. Shuningdek, O‘zbekistonga arab sayyohlarini keng jalb etish bo‘yicha kelgusidagi reja va tashabbuslar muhokama qilindi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.