TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI VAKILLARI PODSHOH SAUD UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

18.02.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bo’lib o’tgan uchrashuvda Podshoh Saud universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mazid at-Tarqaviy va universitetning boshqa rahbarlari ishtirok edi.

Universitetlar hamkorligini yanada mustahkamlash, hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.

Xususan, 10 nafar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilarining Podshoh Saud universitetida til bo‘yicha malakasini oshirish, ikki universitetda 8 nafar doktorantlar amaliyotini tashkil etish, saralangan tadqiqotchilarga ikki universitetdan ilmiy rahbarlar belgilash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Podshoh Saud universiteti tomonidan ikki universitetda ham aloqalarni doimiy va uzluksizligini  ta’minlash maqsadida ishchi guruh tashkil etish va ishlarni muvofiqlashtirib boradigan markaz ochish taklifi berildi. Universitetlardan hamkorlik bo‘yicha mas’ullar belgilab olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + 2 =