TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA TSUKUBA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI
13.02.2025Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Tsukuba universitetining Ijtimoiy fanlari instituti Ta’lim fakultetining 7 nafar vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.


Tashrif doirasida delegatsiya a’zolaridan professsorlar – Naohiro HIGUCHI va Kuanysh TASTANBEKOVA TDSHU Yaponshunoslik oliy maktabi professor-o’qituvchilari va talabalari uchun “Ta’lim jarayonidagi yangi uslublar va innovatsion yondashuvlar” hamda “Xalqaro loyihalarda talabalar ishtiroki” mavzularida ma’ruza qildilar. Ma’ruzalar zamonaviy ta’lim metodologiyasi, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro grant dasturlaridan samarali foydalanish bilan bog’liq masalalarni qamrab oldi.
Ma’ruzalar so‘ngida ishtirokchilar mavzularga doir qiziqtirgan savollariga javob olishdi va Tsukuba universiteti bilan hamkorlik doirasida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Ushbu taqdimotlar talabalarning bilimini oshirishga, ularga xalqaro ta’lim tizimi haqida chuqurroq tushuncha berishga xizmat qiladi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.